Xorvatiyada aholining qariyb yarmi umurtqa pog‘onasi muammolariga duch kelmoqda. Lekin aholi bu haqida deyarli bilmaydi. Odamlarning mutaxassislarga murojaat qilishdan cho‘chishi, odatda “sokin pandemiya” deb ataladigan holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lib kelmoqda.
Xorvatiyaning Croatia Polyclinics klinikasi Bruketa&Zinic&Grey agentligi bilan hamkorlikda Xorvatiyadagi avtobus bekatlarida odamlarning qomatini ko‘chada tekshiradigan maxsus bilbordlar o‘rnatdi. Agar tizim qomatda nuqsonlarni aniqlasa, u darhol shaxsni shifokorga yozilishga taklif etadi.
Ushbu kampaniya orqali Xorvatiya nafaqat sog‘liqni saqlash inqirozini hal qilmoqda, balki zamonaviy jamiyatda reklamaning o‘rnini ham ko’rsatib bermoqda.
