“Credit Asia” YTTBdan 10 mln dollar kredit jalb qildi

Kredit miqdori 10 million dollarni tashkil etadi, pul har biri 5 million dollardan iborat ikkita teng transhda ajratiladi va guruhning aylanma mablag’larini to’ldirish uchun ishlatiladi.
Loyihani amalga oshirish orqali “Credit Asia” raqobatbardoshlikni oshirishi va miqyosni tejash orqali operatsion xarajatlarni kamaytirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Credit Asia” jami 13 ta elektronika va maishiy texnika do’konlari tarmog’ini boshqaruvchi kompaniya.
Avvalroq “Пик Скартариса” kanali shu paytgacha “Flash Up” energetik ichimliklari ($15 mln), “Fortuna Biznes” mikromoliyaviy tashkiloti ($4 mln), “Bloom” tarmog’i ($14 mln) kabilar YTTBdan kredit olgani haqida yozgan. “Spot”ning eslatishicha , “Idea” maishiy texnika distribyutori ham 2022-yilda tashkilotdan 44 mlrd so’m kredit olgan.