ChatGPT biron so’rov oxirida, so’rovdagi mahsulotni xarid qilish mumkin bo’lgan saytlarni maslahat beryapti. Buni bilsangiz kerak. Endi saytingizni ChatGPT maslahat (recommendation) berishiga moslayverasiz.
Oramizda ma’lumot izlash uchun allaqachon Google kabi qidiruv tizimlaridan foydalanmay qo’yganlar bor.
Endi mahsulot izlash ham to’xtaydi. SI Agentlar chiqishi esa buni umuman tezlashtirib yubordi. Lekin reklama, branding baribir ishlayveradi.
Avvallari marketingga qo’yiladigan vazifa “Biz Google tizimida birinchi bo’lib chiqishni xohlaymiz” kabi bo’lgan. Endi esa “Odamlar bizni prompt’da yozishlarini, va S.I agent to’g’ridan to’g’ri bizning saytga kirishini xohlaymiz” bo’ladi.