Barcha xabarlar

Ixchamlik va kuch birlashuvi — Apple yangi Mac Mini'ni taqdim etdi

Yangi Mac Mini o‘zining M4 va M4 Pro chiplari bilan yuqori samaradorlik va foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Quyida asosiy funksiyalar va ularning afzalliklari bilan tanishishingiz mumkin:

1. M4 va M4 pro chiplari
Mac Mini M4 chipi yuqori ishlash tezligini ta’minlaydi. M4 Pro esa og‘ir grafik va professional vazifalarni uch barobar tezroq bajaradi, bu esa 3D modellash va video tahrirlash uchun juda mos keladi.

2. Yuqori ko‘p portli ulanuvchanlik
M4 modelida uchta Thunderbolt 4 porti mavjud, M4 Pro versiyasi esa tezlikni oshirish uchun Thunderbolt 5 portlari bilan jihozlangan. Bu yuqori aniqlikdagi displeylarni (6K gacha) bir vaqtda ulash imkoniyatini beradi va ma’lumot uzatish tezligini sezilarli darajada oshiradi.

3. Apple Intelligence
Yangi Mac Mini sun’iy intellekt asosidagi Apple Intelligence funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, ovozni matnga o‘girish va suratlarni sun’iy intellekt orqali generatsiyalash imkoniyatini beradi. Bu foydalanuvchilarga matnni tez va samarali o‘zgartirish yoki vizual material yaratishda yordam beradi.

4. Integratsiya
Mac Mini yangi macOS Sequoia operatsion tizimida ishlaydi. Bu tizim iPhone bilan integratsiyani qulaylashtiradi, ya’ni foydalanuvchilar o‘z iPhone dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mac orqali boshqarishlari mumkin. Bu yangi operatsion tizim, shuningdek, xavfsizlik va maxfiylikka e’tibor qaratib, barcha ma’lumotlarni qurilmada saqlash imkoniyatini beradi.

5. Ekologik tozalik
Bu Mac Mini modeli Apple’ning birinchi uglerod neytral kompyuteri hisoblanadi va qayta ishlangan elementlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan. Bu ekologik tozalikka hissa qo‘shadi va Apple’ning 2030-yilgacha uglerod neytralligiga erishish maqsadini aks ettiradi.
Tavsiya Marketing Biznes