Korzinkaning yangi daromad manbai. Qanday qilib market va marketpleyslar reklamadan pul ishlayabdi?

Masalan, 2022-yilda reklamadan olgan sof foydasi 10 milliard dollardan oshgan kompaniyalar qatorida “Alibaba” va “Amazon”ni ham uchratish mumkin. “Alphabet” (Google va YouTube) $174 milliarddan ziyod ko’rsatkich bilan 1-o’rinni band qilib turgan bo’lsa, ikkinchi o’rinda “Meta” (Facebook va Instagram) salkam $130 mlrdlik daromad bilan ikkinchi.
Mana endi qiziq joyiga keldik. 3-o’rinda 2022-yilda “Alibaba Group” reklamada $42,94 mlrd sof daromad topgan. “Amazon” esa bundan sal kamroq – $41.75. E’tiborlisi, bu ikkisi TikTok, Bing va Baidu kabi plarformalardan o’zib ketgan. Bundan tashqari, “Kantar Media”, “Omnicom” kabi yirik korporatsiyalar bor, ular esa hatto bu ro’yxatdan topilmaydi. Ya’ni hatto ular ham reklamadan bunchalik ko’p foyda ko’rmagan.
Oxirgi yillarda “Korzinka” supermarketlar tarmog’ida ham ushbu tendensiya bilan ketmoqda. Masalan, “Korzinka Go” ilovasini ishga tushirib, rivojlantirmoqda, bir nechta yirik kompaniyalar bilan kelishuvlar amalga oshirdi (masalan, “Pepsi”). AdTech yo’nalishini kengaytirmoqda. Bundan tashqari, bu tarmoq ko’pchilik sezadigan oflayn reklama savdosini ham yetarlicha yaxshi yo’lga qo’ya olgan.
Zamonaviy tendensiyalarni kuzatish va o’zgaruvchanlik hozirgi davr talabi hisoblanadi.