Arzon narsa sifatsizmi? IKEA’dan yangi reklama kampaniyasi

Ular britaniyalik etiket bo‘yicha mutaxassis Uilyam Xanson bilan hamkorlikda IKEA oshxonasidan to‘g‘ri foydalanishni tushuntiruvchi TikTok kontentini yaratishdi. Ushbu 30 soniyali reklama roligi sifat, dizayn va xizmat ko‘rsatishni ta’kidlaydigan 10 soniyali 3 ta qismni o‘z ichiga oladi.
Yaqinda The Hackney’da bo‘lib o‘tgan taqdimotda mehmonlar dastlab tadbir yangi premium brend — Eureka Spiritsis uchun tashkillashtirilgan deb o‘ylashdi. Biroq, keyinchalik uni IKEA tashkil qilgani va yangi brend nomi ”Surprise it’s IKEA” slogani anagrammasi ekani haqida kompaniya vakili va tijoriy hamkori Starr MakKlin ma’lum qildi.
Kemi Entoni, IKEA’ning Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha menejeri, kampaniya IKEA oshxonalari zamonaviy, amaliy va bardoshli ekanligini ta’kidlab, keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarni yo‘q qilishga, shu bilan birgalikda mijozlarni hayratda qoldirish va diqqatni IKEA oshxonalarining dizayni, sifati va tajribasiga qaratishga mo‘ljallanganini ma’lum qildi.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi