Temu rasman O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi


Posted on :
,

Temu marketpleysi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida Soliq qo’mitasi xabar berdi.

“Biroq, o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 20-martdan O‘zbekistonda Xitoyning “Temu” marketpleysi faoliyati cheklanishi haqida xabar bergandi.

2025-yilning 1-iyulidan O‘zbekistonda xalqaro platformalar uchun yangi qoidalar, jumladan, xabardor qilish tartibi va elektron tijorat subyektlarining maxsus reyestri joriy etiladi. Ushbu norma 2024-yilning 28-dekabridan kuchga kirgan.

Temu mobil ilovasi o‘tgan yil oxiridan beri O‘zbekistonda eng ko’p yuklanadigan mobil ilovalar qatoriga kiradi. Masalan, hozirda Xitoy marketpleysi App Store do‘konida ikkinchi o‘rinni egallasa, Google Play’da yetakchilik qiladi.

Endi Temu’dan bemalol buyurtmalar qilishingiz mumkin!