"Telegram" messenjeri asoschisi Pavel Durov Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatida bo'lib turidi. Tashrifda asosiy maqsad ma'lum emas, ammo "Kaktus Media" nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, uni hukumat vakillari mamlakatga taklif qilgan va "katta bir loyiha"ga potensial investor sifatida ko'rilmoqda.
“Hukumat “Кыргыз Куршевель” davlat korxonasi doirasida “Uch choʻqqi” loyihasiga sarmoya kiritish uchun shart-sharoit yaratmoqda. Maʼlumki, ushbu loyihaning asosiy ishtirokchisi Fransiyaning "Société des Trois Vallées "(S3V) kompaniyasi hisoblanadi, lekin ular Durovni ham bunga jalb qilishni xohlashmoqda. Durovning katta nomi bor, bu esa yanada ko‘proq potentsial investorlarni jalb qiladi va uni reklama orqali targ‘ib qiladi”, — degan nashr manbalaridan biri.
"Kaktus Media"ning ikkinchi manbasi ham buni tasdiqlagan, ammo bundan illyuziya yasamaslik kerak.
"Uch cho'qqi" loyihasi Markaziy Osiyodagi eng katta tog' chang'i kurorti bo'ladi. Dam olish maskani Issiqko‘l viloyatining sharqida joylashgan Jirg‘alon, Oq-Buloq va Bo‘z-Uchuk cho‘qqilarida 200 km uzunlikdagi chang‘i yo‘laklarini o‘z ichiga oladi. U butun yil davomida ishlaydi va yiliga 850 minggacha sayyohni qabul qila oladi, deya ko'rsatilgan prezidentga taqdim etilgan rejada.
Bundan avvalroq Pavel Durovning o'zi yozgi ta'tilini Markaziy Osiyoda o'tkazishini ma'lum qilgandi. U bu yerdagi aholining "raqamli ehtiyojlarini o'rganishi"ni aytgan.
"Telegram bosh direktori sifatida men ta'til olmayman. Buning o'rniga men ishlashda davom etaman, foydalanuvchilarimiz bilan g'ayrioddiy joylarda uchrashaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday kechayotgani, odamlar Telegram'dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o'rganishga qaror qildim. Shu kanalda o'rganishlarim natijasi bilan bo'lishib boraman", deb yozgan u o'z Telegram kanalida.
Katta ehtimol bilan u O'zbekistonga ham keladi.