O’tgan haftada Iman fintex kompaniyasi yangi mahsulotlar taqdimoti hamda rebrending haqida e’lon qildi.
Kompaniya “Savings first” g’oyasini ilgari surmoqda. Savings first “avval o‘zingizga to‘lang” deb ataladigan moliyaviy strategiya bo’lib, bunda kishi boshqa xarajatlarni qoplamasdan oldin mablag‘ ajratib qo‘yishga ustuvorlik berish tushuniladi.
Iman bir nechta yangi mahsulotlar va tashabbuslarni ham yo‘lga qo‘ydi:
- Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun 2 000 so‘mlik belgilangan vositachilik haqidan 100 so‘mi xayriya ishlariga yo’naltiriladi
- SNBL (Hozir jamg‘aring, keyinroq xarid qiling) – kelajakdagi xaridlar uchun jamg‘arma vositasi
- Iman Invest – endi daromad har kuni kelib tushadi
- Endi 1 m² dan boshlab ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish mumkin bo’ladi. Avvalgiday butun obyektni sotib olish shart emas.
O’z nomini Imanumga o’zgartirgan Iman islomiy moliyaviy xizmatlarni ko’rsatuvchi eng birinchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.