Humo karta foydalanuvchilari eng ko‘p qanday mobil ilovalardan foydalanishadi? — statistika

Infografikaga ko‘ra, Humo kartalari orqali amalga oshirilgan onlayn operatsiyalar soni bo‘yicha bank ilovalari ichida “Uzum Bank” yetakchilik qilmoqda — 29,4 foiz operatsiyalar aynan ushbu ilova orqali amalga oshirilgan. Ikkinchi o‘rinni 11 foizlik natija bilan Aloqabankning “Zoomrad” ilovasi band etgan. Kuchli uchlikka Agrobank Mobile kirgan — 9,9 foiz.
Shuningdek, amaliyotlar quyidagi bank ilovalari orqali amalga oshirilgan:
— Anorbank — 5,6%;
— Xazna (Xalq banki) — 5,4%;
— TBC uz — 4,9%;
— Boshqalar — 33,8%.
Bundan tashqari, nobank mobil ilovalar ro‘yxatida Click yaqqol yetakchilik qiladi. U amalga oshirilgan operatsiyalarning 41,6 foizlik ulushiga ega. Payme’ning amaliyotlardagi ulushi Click’nikiga qaraganda 2 baravarga kam, ya’ni mobil ilovada operatsiyalarning 20,5 foizi amalga oshiriladi. Paynet esa 16,9 foizli natija bilan kuchli uchlikka kirgan.
Boshqa nobank ilovalar:
— PSP — 4,9%;
— UPay — 4,8%;
— Oson — 3,3%;
— Boshqalar — 8 foiz.
Batafsil quyidagi infografikada.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi