Bu yangilik aslida nafaqat O‘zbekiston, balki umuman Markaziy Osiyo ijodiy sahnasining global tan olinishi hamda mintaqamizning ushbu yo’nalishda ko’zga ko’rinayotganini ko’rsatadi.
Anastasiya ham Markaziy Osiyo ijodkorligi haqida fikr bildirar ekan, “taqlid qilish davridan o‘z ovozini topish davriga o‘tdik”, deydi. Har bir mamlakat o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda, mintaqa yagona kuchli ovozga aylanmoqda. Bu ovoz esa endi dunyo sahnasida bemalol yangray oladi.
Uning aytishicha, sun’iy intellekt tobora ko‘proq ishlatilayotgan davrda, u uchun haqiqiy ijod bu yurakdan, qalbdan yaratilgan asar. Agar biror narsa faqatgina sovrin yutish uchun yaratilgan bo‘lsa, buni sezish mumkin. Chinakam hunarmandchilik esa hamon niyat va his-tuyg‘ular uyg‘unlashgan joyda yaratiladi.
Film Craft yo‘nalishidagi hakamlik haqida esa Anastasiya shunday deydi: bu birinchidan butun dunyo bo‘ylab eng sara ishlarni kuzatish va baholash imkonini beradi. Ikkinchidan esa, bu g‘alati his-tuyg‘u: hozirgina Netflix’da sevimli serialingizni tomosha qildingiz, endi esa ularning ishiga baho beryapsiz.
Anastasiyaning fikricha, O‘zbekiston ijodiy salohiyati ortda qolmayapti. Aksincha — endi mahalliy fikrlashdan voz kechib, global maydonlarga chiqish vaqti keldi.
Biz ham kuni kelib, O‘zbekiston «sher»larga to‘lishiga ishonamiz.