Netflix’da arzonroq, ammo reklama ko‘rsatiladigan tarif paydo bo‘ladi

HBO Max bilan solishtirganda, Netflix unchalik yaxshi ishlamayapti. HBO 2021-yil iyun oyida reklamaga asoslangan rejani ishga tushirdi. Hozirda HBO platformasi obunachilari umumiy sonining 21 foizi ushbu tarifda.
Aftidan, Netflix o‘zining reklama qo‘llab-quvvatlanadigan obuna xizmatini qanday ommalashtirishni o‘ylab topgan ko‘rinadi. Kompaniya oyiga $15,49 evaziga eng arzon reklamasiz tarifni olib tashlashga qaror qildi.
Endi yangi foydalanuvchilar uchun tanlov taxminan quyidagicha bo‘ladi: reklamali tarif uchun $6,99 yoki reklamasiz tarif uchun oyiga $22,99.
Aytgancha, Netflix bosh direktori Greg Piters, ularning asosiy vazifasi reklama qo‘llab-quvvatlanadigan tarif bo‘yicha foydalanuvchilar sonini kengaytirish ekanligini yashirmagan. Netflix, albatta, aql bovar qilmaydigan burilish qildi — bir vaqtning o‘zida obuna orqali foydalanuvchilardan pul olish va ularga reklama ko‘rsatish.
Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi