Bunga sabab esa o’sha ma’lum va mashhur tarmoqlarni “portlatgan” Studio Ghibli uslubidagi suratlar bo’ldi.
Xo’sh, hammasi nimadan boshlandi?
25-mart kuni OpenAI kompaniyasining ChatGPT uchun taqdim etgan so‘nggi yangilanishi – GPT-4o bir necha so‘zli ko‘rsatmalar yordamida Studio Ghibli uslubidagi tasvirlarni yaratish imkoniyatini berdi. Natijada, birgina shu funksiyaning o‘zi haftalik o‘rtacha foydalanuvchilar sonini rekord darajaga – 150 million nafargacha ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Nega Studio Ghibli bunchalik mashhur?
1985-yilda taniqli yapon rejissyori Hayao Miyazaki tomonidan asos solingan Studio Ghibli, “Ruhlar olamiga sayohat” va “Qo‘shnim Totoro” kabi filmlari bilan ancha mashhur.
Studio Ghibli filmlari o‘zining mazmunli hikoyalari, ajoyib tasviriy vositalari, unikal tasviriy uslubi va murakkab mavzularni sodda ko’rinishda tushuntirishi bilan mashhurdir.
Studiyaning filmlari ko‘pincha barcha yosh va ijtimoiy qatlamdagi tomoshabinlarga ta’sir qiladi, shu sababli ham ular animatsiya olamining betakror va sevimli qismiga aylangan.