Birinchi raqamli sotuvchi

Eng qizig‘i — Joe Girard GM’da oddiy sotuvchi bo‘lib ishlagan. Bilasizmi, u qanday formula ishlatgan?
Avval natijani raqamlarda ko‘rsak: 13 yillik karyerasi davomida (1963-1977) Joe 13000 dan ortiq avtomobil sotgan… har bir ish kuniga taxminan oltitadan to‘g‘ri keladi. Amerikaning 95 foiz avtodilerlarida bunday sonlar yo‘q bo‘lgan bir paytda, Joe hammasini bir o‘zi sotar edi.
Joe mijozlarga ikkita narsani taklif qilgan: foydali narx va o‘zini. Ya’ni insonlarga yoqadigan odam bo‘lgan. U xaridorlar bilan uchrashib, ehtiyojlarini aniqlab, bitim tuzardi. Keyin esa avtomobildan mamnun ekanliklarini bilish uchun — sotib olgan mijoz bilan qayta bog‘lanardi. Har safar bunday qilganidan keyin, shu mijoz yana qaytib kelishi uchun sabab paydo bo‘lgan.
Bir vaqtning o‘zida mijozlar bilan munosabat o‘rnatish juda muhim hisoblangan. To‘g‘rirog‘i, bu narsa Joe aniqlagan raqam bilan bog‘liq edi. 250 raqami bilan.
Joe aniqlashicha, odatiy mijoz bir yilda 250 ta har xil insonlar bilan muloqotda bo‘lar ekan: do‘stlari, oilasi, tanishlari. Demak, u har 250 ta mijoz bilan aloqada bo‘lsa-yu, ulardan ikki kishi qoniqmasa, shu ikkitasi yana 500 ta potensial mijozga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan.
Xullas, harakat ham shunga qaratilgan edi: baxtsiz mijozlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish.