Nike (yana) dunyoning eng qimmat kiyim brendi
Bu safar yil davomida brendning qiymati 5,6 foizga kamayib, 31,3 milliard dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinni, avvalgi yildagidek, Fransiyaning Louis Vuitton riteyleri egalladi. Uning qiymati, aksincha — 12,2 foizga oshib, 26,29 milliard dollarni tashkil qilgan.
Kuchli uchlikda yana bir fransuz brendi — Chanel. U bir yil davomida 27 foizga o‘sib — ko‘rsatkichlari 19,39 milliard dollarga yetib, Italiyaning lyuks kiyim-kechak, parfyumeriya, aksessuarlar va to‘qimachilik ishlab chiqaruvchisi Gucci kompaniyasini to‘rtinchi o‘ringa tushirgan.
Adidas va Hermer kabi yirik brendlar, tegishli tarzda 15,7 mlrd va 14,2 mlrd qiymat bilan beshinchi va oltinchi o‘rinlarni saqlab qolgan.
Dior va Cartier o‘sish ko‘rsatib, 7-8-o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, Zara va H&M’da buning aksi. Ularning narxi tegishli tarzda 15 va 26 foizga tushib ketgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bu ularning shaffof bo‘lmagan siyosati va ekologik munosabati bilan bog‘liq.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi