Ilon Mask AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Qrim shahrida Starlink ishlamasligini aytdi
Ilon Mask AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Qrim shahrida Starlink ishlamasligini aytdi
“Starlinkning ishlamay qolishi sababi aslida AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgani edi. Sanksiyalar Qrimni ham o‘z ichiga oladi va bizda aloqani ishga tushirishga cheklov qo’yilgan”, – dedi Mask “All-In Summit” texnologik anjumanida.
Shu yilning 7-sentabr kuni CNN telekanali, Ilon Mask 2022-yilda Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya flotiga hujumini oldini olish uchun Qrim yaqinidagi Starlink’ni yopishga buyruq bergani haqida xabar bergan edi.
Bunga javoban, Ilon Mask Starlink baribir Qrimda ishlamasligini aytdi. Tadbirkor Ukraina harbiylarining Rossiya flotiga hujum qilish uchun Sevastopolga uchuvchisiz samolyotlarning parvozini ta’minlash maqsadida Starlinkni yoqish haqidagi iltimosini chindan ham rad etganini tan olgan.
“Agar men ularning iltimosiga rozi bo’lganimda, SpaceX katta urush va mojaroning avj olishida aniq ishtirok etgan bo’lardi”, dedi Mask.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi