“EVOS” sof tushumlar bo’yicha “KFC”ni quvlab o’tib 860 miliard so’m bilan yetakchilik qilmoqda. “KFC” “EVOS”dan 100 milliard so’m kam sof tushumga ega. Ammo bir qiziq faktni aytib o’tish kerak. “EVOS”ning respublika bo’ylab 83 ta filiali mavjud. Bu raqamlar esa “KFC”da 3 barovarga kam. Ularda 29 ta filial respublika bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda.
Bitta muassasadan o‘rtacha daromad bo’yicha “KFC” qolgan uchta tarmoqdan yuqorida turibdi. Bu restoranlar tarmog’i bitta muassasadan 26,3 milliard so‘m daromad qilgan.
Kompaniyalarning pul jihatidan o’sishi bo’yicha “FeedUp” peshqadamlik qilmoqda, uning daromadi yil davomida 293 foizga oshgan.
Ikkinchi o‘rindagi “Oqtepa Lavash”da bu ko’rsatkich 78,4 foizni tashkil etmoqda. Bu tarmoq esa filiallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Filiallar soni allaqachon deyarli 100 taga yetgan.
Ushbu to‘rtta brend 2024-yilda umumiy 2 trillion so‘m daromad qildi – bu 2023-yilga nisbatan 52 foiz ko‘p. Tahlilni Пик Скартариса kanali amalga oshirgan.
Yetkazib berish xizmati kabi, bu sohada ham hozircha eng katta ikkita kompaniya (“Evos” va “KFC”) bor. Ammo ular xotirjam bo‘lib qolmasliklari kerak, chunki asosiy raqobat endi boshlanmoqda. – deydi tahlilchi Temurmalik Elmurodov.