Markaziy Osiyoda yana bir kreativ festival tashkil qilinishi va u aynan Mintaqamizning g‘arbiy qismida joylashgani juda zo‘r. Taf, Jolbors va mana endi Baku Flames borligi, bizning regionda kreativ sanoati rivojlanayotgani va unga bo‘lgan talab ham industriya ham biznes tomondan tobora oshib borayotganligini ko‘rsatkichi. Baku Flames birinchi marta o‘tkazilayotganligi uchun ishlar asosan markaziy Osiyo va MDH davlatlaridan bo‘ladi deb o‘ylayman. Ammo hakamlar orasida jahon industriyasining yetakchilari borligi va festival birinchi marta o‘tkazilayotganligi mintaqamizdan tashqari boshqa davlatlardan ham keyslar bo‘lishini ham nazarda tutadi.
Bu tadbir mintaqaviy kreativ sanoatning rivojlanishi uchun qanchalik muhim deb hisoblaysiz?
Industriya rivojlanishi uchun bu katta hissa. Festivalda asosan markaziy Osiyoda yoki markaziy Osiyo uchun qilingan ishlar qatnashadi bu o‘z yo‘lida marketing va kreativda ishlaydiganlar uchun regionda kreativ sohasida nimalar bo‘layotganligi, so‘nggi qilingan ishlardan xabardor bo‘lishni ta’minlaydi. Shu tariqa festivalni kuzatib boruvchi ekspertlar mahalliy trendlar, yechimlar va g‘oyalarni ko‘rib o‘zlarining tajribasini orttirishi mumkin. Festivalga tashrif buyurish esa yangi tanishuvlar, netvorking va fikr almashinuvini beradi. Qolaversa festivalning konkurs bosqichida qatnashib unda g‘olib bo‘lish kreativ reytingda qo‘shimcha ballar va mediada qo‘shimcha qamrovni ta’minlaydi.
Nima deb o’ylaysiz, mazkur festivalda qatnashish ijodkorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
Baku Flames asosiy maqsadlaridan biri, bu yosh ijodkorlarni kashf qilishga qaratilgan. Bu o‘z o‘rnida industriyaga yangi nazar va qo‘shimcha boost beradi. Chunki aynan yosh ijodkorlarning g‘oyalarga bo‘lgan yondashuvi ko‘pincha tajribali ekspertlarga nisbatan dadilroq bo‘ladi. Festivalda qatnashgan va g‘olib bo‘lgan yosh ijodkorlar karyerasi uchun bu katta yutuq bo‘lib ularga shaxsiy brendni rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Siz bu yilgi “Baku Flames 2025” tanlovining hakamlar hay’ati a’zosisiz – keyslarni qaysi mezonlar asosida baholaysiz?
Har bir festivalning o‘z baholash tizimi va mezonlari bor. Avvalam bor ularga rioya qilib keyinchalik esa keyslarni o‘z tajribam va faoliyatimdan kelib chiqib ularni subyektiv ham baholayman. Bunda asosan loyihaning mazmun mohiyati qo‘yilgan vazifaga qanchalik darajada mantiqan va vizual to‘g‘ri va munosib qilinganligiga qarayman. Qolaversa keyslarning video taqdimoti ham juda muhim.
Festival kelajagi haqida fikrlaringiz?
O‘ylamanki kelajakda festival muntazam o‘tkazilsa u Markaziy Osiyo kreativlik reytingga kirib o‘zining muhimligini ta’kidlaydi. Bu o‘z o‘rnida unga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni orttiradi. Shunigdek Baku Flames mintaqamizning an’anaviy festivallaridan biriga aylanishi tarafdoriman.
Festivallarda ishtirok agentliklar va kreativ soha vakillariga nima beradi?
1. Qo‘shimcha piar
2. Kreativ Reytingda qo‘shimcha ballar — mijozlar uchun xizmatlar sifat ko‘rsatkichi/mezoni
3. Agentlik yoki shaxsiy brend rivoji
4. Qilinayotgan loyihalarga bo‘lgan yangicha nazar
5. O‘z kreativ mahoratini baholash maydoni
6. G‘oyaviy va vizual tajriba orttirilishi va tanish-bilish qo‘shilishi