Bolalgimizda ko’chada o’ynab, kiymimizni kir qilib qo’ysak, uyga qaytishdagi eng katta qo’rquv — onamizning bunga qanday munosabat bildirishi bo’lardi.
Aslida bu nafaqat bizda, balki butun dunyo bolalarning boshidan o‘tadigan holat. Masalan, Turkiyadagi 78% onalar farzandlarini shu sabab ko’chaga chiqarishmaydi. Natijada, bolalar vaqtining katta qismini uyda o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
2005-yilda esa Persil bu vaziyatni muammo emas, imkoniyat deb ko‘radi. Brend “Dirt is Good” kampaniyasini boshlagan edi. Asosiy g‘oya: bolalarni ko‘chada vaqt o‘tkazishga undash bo‘lgan. Reklama roliklari esa ota-onalarni bu g‘oyaga ishontirish uchun ishladi.
Mana bu keys bunga misol.
Shundan beri loyiha 100 dan ortiq davlatda bolalar uchun ochiq havoda darslar tashkil qilishga yordam berdi. Ota-onalarga esa «bola rivojlanishi uchun o‘yin muhim» degan fikrni singdirib, kiyimdagi dog‘lar haqida qayg‘urmaslikni maslahat berib kelishmoqda.
Yaqinda esa brend o‘zining Istanbuldagi reklama bannerlarini o‘yin maydonchasiga aylantirib, bolalarni tashqariga chiqishga undadi.