McDonald’s buyurtmalarni sun’iy intellekt orqali qabul qilishni boshlaydi


McDonald’s buyurtmalarni sun’iy intellekt orqali qabul qilishni boshlaydi
Posted on :
,

McDonald’s buyurtmalarni sun’iy intellekt orqali qabul qilishni boshlaydi

Dunyo boʻylab 43 mingta McDonald’s restoranlari modernizatsiya qilinmoqda. Bu mijozlarga qulaylik, xodimlarga esa yengillik beradi.

Endi McDonald’sda mijozga buyurtma berishda odamlar emas, sun’iy intellekt xizmat qiladi.

Yangilangan restoranlar qanday ishlaydi?

➖ Ovozli AI-assistent – buyurtmangizni avtomatik qabul qiladi. Natija esa: kamroq kutish, minimal xatolik.

➖ Virtual menejer – xodimlar smenasini rejalashtiradi va samaradorlikni oshiradi. Ish tezlashadi, xizmat sifati oshadi.

➖ Avtomatik nazorat – kompyuter buyurtmalarning to‘g‘ri bajarilishini tekshiradi. Xatolik bo‘lsa, tizim darhol aniqlab, tuzatadi.

➖ Robotlashtirilgan oshxona esa frityur va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirib, ishchilarga ortiqcha yuklamani kamaytiradi.

Edge computing texnologiyasi

Google Cloud bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bu tizim ma’lumotlarni bulutga yubormay, bevosita restoranning oʻzida qayta ishlaydi. Bu internet sifati past hududlarda ham uzluksiz xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

McDonald’s bu bilan savdoni oshirish va sodiqlik dasturiga a’zo mijozlar sonini 2027-yilgacha 175 milliondan 250 milliongacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi