Yandex O’zbekistonda ofis ochadi

Ta’kidlanishicha, tayyor mutaxassislar kam bo’lgani sababli Yandex birinchi navbatda stajirovka dasturini ishga tushiradi.
“Shu yerda – Toshkentda bo’ladi, kompaniya o’zi va umuman, bozor uchun dasturchilarni yetishtiradi, o’stiradi”, deyiladi xabarda.
O’zbekistondagi ofis faqatgina mahalliy bozor uchun mahsulot chiqarmay, u boshqa davlatlar bilan ham ishlaydi. Xodimlar xalqaro darajada karyera qilishi mumkin bo’ladi.
Spot.uz’ning qo’shimcha qilishicha, Toshkentdagi ofis O‘zbekistonda “Yandex Go” shahar xizmatlarini, ta’limiy, ko‘ngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi.
Ofis ochilgandan so‘ng “Yandex” yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilishni boshlaydi.
Oxirgi paytda Yandex O’zbekistonda ancha faollashdi, yangi xizmatlari, o’quv dasturlarini ishga tushirdi. Chunki kompaniya mamlakatni raqamli servislarni ishga tushirish va rivojlantirish uchun istiqbolli bozor sifatida ko’rmoqda.
“Пик Скартариса” kanali mullifi Temurmalik Elmurodov tez kunda bu borada qiziq yangilik bo’lishini ta’kidlab o’tgan.