Barcha xabarlar

Uzum va Click birlashmaydigan bo'ldi

Uzum direktorlar kengashi Click bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi. Kompaniya o‘z ekotizimiga asoslangan fintex xizmatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
“Kompaniya o‘z platformasi doirasida fintex va e-commerce servislarini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda, bu esa bir tomondan maksimal samaradorlik va yagona fokusni ta’minlash, boshqa tomondan esa — mahsulot, brend va umumiy strategiyani amalga oshirishni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Uzum bir yil ichida fintex yo‘nalishi jamoasini kuchaytirdi va aktivlarni sotib olish va birlashtirish jarayonlarini yakunlagan. "Bularning barchasi ekotizimga M&A (birlashish va singdirish) bitimlari orqali emas, balki organik ravishda rivojlanib, hozirgi o‘sish templarini saqlab qolishga imkon beradi", deya qo'shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o'tamiz, Uzum ekotizimi va Click to'lov tizimlari orasida birlashuv bo'lishi haqidagi xabar 2023-yilning 12-iyunida, ya'ni bundan roppa-rosa bir yil oldin e'lon qilingandi .


Marketing Biznes O'zimizda