Toshkentda Uzum ekotizimi va Click to'lov tizimi orasida birlashish haqida kelishuv imzolandi. Bu haqida PR.uz xabar berdi. Qo'shiluvdan so'ng, Click nomi o'zgarmay qoladi va u superapp bo'lib rivojlantiriladi.
Foydalanuvchilari o'zlari istagan xizmatdan alohida ilovalar orqali foydalanishlari mumkin bo'ladi. Ya'ni Click ilovasi ham, Uzum ham o'z o'rnida qoladi. Shu bilan birga, Uzum foydalanuvchilari endi to'lov vaqtida qo'shimcha qulayliklarga ega bo'ladilar.
Ikki kompaniya birgalikda qo'shimcha yangi xizmatlarni taklif etadi. Masalan:
Xabarda Click haqida qo'shimcha ma'lumotlar ham e'lon qilingan. Jumladan, Click ilovasida oyiga 37 million tranzaksiya amalga oshiriladi, ilovani jami 9 million mobil foydalanuvchilari o'rnatib olgan, USSD va telegram bot xizmatlarini hisobi bilan umumiy ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni esa 15 millionni tashkil etadi.
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi

- Avia va temir yo'l chiptalar band qilish(xarid qilish deb o'qisangiz ham bo'ladi)
- Sayohat agregatori
- Davlat xizmatlari bilan integratsiya