"Korzinka" baribir aybdor deb topildi
Avvalroq "Korzinka" supermarketilar tarmog'iga nisbatan ish qo'zg'atilgani va kompaniya "eng arzon narx" haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligi haqida xabar berilgandi.
Baribir “Korzinka” supermarketlar tarmog‘iga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘mita matbuot xizmati iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “Anglesey Food” aybdor deb topilib, belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan sudga da’vo kiritiladi. Qo‘mita matbout xizmatining aniqlik kiritishicha, bu summa BHMning 50−70 barobarini yoki 17−23,8 mln so‘mni tashkil etishi mumkin.
Shuningdek, mazkur reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni bir oy muddatda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.