Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi "Anglesey Food" ("Korzinka" supermarketlar tarmog'i) MCHJga nisbatan ish qo'zg'atdi . Kompaniya turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx - Korzinkada”, "...Eng unumlisiga keling!" degan reklamasida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalangan.
Xususan, "eng arzon narx" deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi.
Shu sababli reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin. Yuqoridagilarga ko‘ra, “ANGLESEY FOOD” MCHJga nisbatan Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.