IMAN startapi dunyoning eng yaxshi 30 ta Islomiy iqtisodiyot startaplari qatoriga kirdi.

Bu yilgi ro’yxatning e’tiborli jihati — IMAN Investning kuchli 30 talikka kirishi. Bu O‘zbekistonning islomiy iqtisodiyotda ham natijalarga erishayotganidan dalolat.
IMAN Invest haqida qisqacha:
IMAN Invest — O‘zbekistonning islomiy moliya sektoridagi yetakchi kompaniyalardan biri. Bu startap shariatga muvofiq innovatsion yechimlar bilan xalqimizga xizmat ko’rsatib, moliyaviy jihatdan barqarorlik va rivojlanishga hissa qo’shmoqda.
Baholash asoslari:
Kompaniyalar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
— Islomiy yo’nalish (35%): Qancha va qay darajada Islom/Shariat qadriyatlariga asoslanganligi.
— Moliyalashtirish qiymati (25%): 2020 yildan hozirgi kungacha jalb qilingan mablag‘lar.
— Xodimlar soni (10%): LinkedIn ma’lumotlari asosida xodimlar soni.
— Veb-trafik reytingi (20%): Similarweb ma’lumotlariga asoslangan veb-sayt reytingi.
— Qidiruvlar (10%): Google qidiruvlari orqali qiziqishlar soni.
Ma’lumotlar DinarStandardning ‘ImpactIntell‘ ma’lumotlar bazasi, kompaniya veb-saytlari, ijtimoiy media va matbuot relizlari hamda Crunchbase, Tracxn, Similarweb kabi uchinchi tomon surishtiruv vositalaridan yig‘ildi.