O’zbekiston Coursera o’quvchilari ichida eng ko’p ulushga ega davlat bo’ldi

Tahlilda ischi kuchiga nisbatan o’quvchilar soni bo’yicha yetakchi TOP 20 davlat ro’yxati keltirilgan. E’tiborlisi, O’zbekistonda unda 6,25 foizlik natija bilan yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o’rinda deyarli ikki baravar farq – 3.83 foiz bilan Singapur keltirilgan. Uchinchi o’rinni esa ishchi kuchining 2.07 foizi Coursera’da o’qiyotgan BAA egallagan.
“Raqamli yetakchilar ish bilan bog’liq bo’lgan qulay o’rganishga sarmoya kiritib, nafaqat iqtisodiy o’sish va raqobatbardoshlikni oshiribgina qolmay, odamlarning o’zgarishlarga moslashishi va muvaffaqiyat qozonishi uchun imkoniyatlar yaratadi”, deyiladi Coursera tahlilida.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va “Coursera” vakillari memorandum imzolagan. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera ta’lim platformasida onlayn kurslarda bepul qatnashishi nazarda tutilgandi.