Bugun Apple yangi mahsulotlarni namoyish etadi

WWDC (Worldwide Developers Conference) – Apple tomonidan dasturchilar uchun har yili tashkil etiladigan konferensiya. Unda kompaniyaning dasturchilikka, operatsion tizim va qurilmalarga oid yangiliklari e’lon qilinadi.
Odatda konferensiya 5 kun davom etadi. Bu vaqt ichida Apple konferensiya ishtirokchilariga o’zining yangi texnologiyalarini sinovdan o’tkazishga imkon beradi.
Bu yilgi WWDC tadbirida Apple bir qancha quyidagi yangiliklarni taqdim etishi kutilmoqda:
Yangi qurilmalar:
Macbook Air M3
Macbook Pro 13 M3
Mac Pro 13 M2 Ultra
iPad Pro 2023 M3
iPad mini 7
Reality Pro garniturasi
Yangi operatsion tizimlar:
iOS 17
iPadOS 17
macOS 14
watchOS 10
tvOS 17
Prezentatsiyani Toshkent vaqti bilan, soat 22:00da Apple rasmiy sayti yoki YouTube kanali orqali tomosha qilish mumkin.