Uzum 2024-yilning birinchi yarim yilligi yakunidagi ko‘rsatkichlari bilan bo‘lishdi
Uzum 2024-yilning birinchi yarim yilligi yakunidagi ko‘rsatkichlari bilan bo‘lishdi
Uzum elektron tijorat yo‘nalishining aylanmasi Yanvardan iyungacha bo‘lgan davrda o‘tgan yilga nisbatan 4 barobarga, moliyaviy texnologiya xizmatlarining kredit portfeli ikki barobardan ko‘proqqa oshgan.
"Uzum Market" ilovasida buyurtmalar soni o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshgan, butun mamlakat bo‘ylab buyurtma berish shoxobchalari (shu jumladan, hamkorlarniki) soni esa bir yil ichida deyarli 2 barobarga ko‘paygan. Hozirda Uzum O‘zbekistonning 139 ta aholi punktiga yetkazib berish xizmatini ko‘rsatmoqda.
Uzumda savdo qiluvchi sotuvchilarning soni 10 mingdan ziyodni tashkil qilmoqda! Bahorda sotuvchilarga o‘z mahsulotlarini savdo maydonchasi orqali targ‘ib qilish imkoniyatini yaratildi — bu mijozlarni jalb qilish va savdoni oshirishni yanada osonlashtirdi.
Onlayn tijoratning ommalashuvi bilan birga moliyaviy texnologiya xizmatlarining ham mashhurligi ortib bormoqda. Ikkinchi chorakda Uzum Nasiya hamkorlari soni 20 foizga, ekotizim bank xizmatlaridan foydalanuvchi mijoz-tadbirkorlar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga oshdi.
Uzum Tezkor hozirda O‘zbekistondagi eng yirik yetkazib berish xizmati bo‘lib, uning hamkorlari bo‘lgan restoranlar, kafelar va do‘konlar soni 1600 dan oshiqni tashkil etadi.
Raqamlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakat aholisining har uchinchisi Uzum xizmatlaridan foydalanmoqda.
Foydalanuvchilar Uzum Tezkor va Uzum Marketdagi har qanday buyurtmani Uzum Nasiya yordamida bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin — savdo maydonchasi orqali amalga oshirilayotgan barcha buyurtmalarning 55 foizidan ortig‘ini o‘zbekistonliklar aynan shu usulda to‘lamoqda.