Tadbirkor Ilon Mask Apple kompaniyasi 10-iyun kuni taqdim etgan “Apple Intelligence” sun’iy intellekti haqida gapirdi. SpaceX rahbari SI ni “aygʻoqchi” deb atadi va kompaniyalarida Apple gadjetlarini taqiqlashi mumkinligini aytdi.
Maskning X’da yozishicha, agarda Apple OpenAI bilan operatsion tizim darajasida integratsiya qiladigan boʻlsa, kompaniya gadjetlari uning kompaniyalarida taqiqlanadi. “Bu qabul qilib boʻlmaydigan xavfsizlik buzilishi”, deb yozadi Ilon.
Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniyalarga tashrif buyuruvchilarda Apple mahsuloti boʻlsa, kirishda maxsus qutilarda olib qolinadi, ya’ni kompaniyalar hududiga kiritilmaydi.
Ilon Mask boshqa bir postida shunday yozadi:
“Apple oʻzining sun’iy intellektini yaratish uchun yetarli darajada aqlli emasligi, ammo OpenAI sizning xavfsizligingiz va maxfiyligingizni himoya qilishi – absurd.
Apple sizning ma’lumotlaringizni OpenAI’ga topshirgandan soʻng u bilan nima boʻlishini bilmaydi”.
Eslatib oʻtamiz, Ilon Mask OpenAI kompaniyasiga Sem Altman bilan birgalikda asos solgan. Ammo keyinchalik uni tark etgan. Mask shu yil bahorida kompaniya va uning bosh direktori Altmanni kompaniya asos solingandagi kelishuvlarni buzishda (u “foyda ko'rish maqsadida emas, gumanitar foyda yuzasidan ochilgani” aytiladi) ayblab, sudga bergandi.