Barcha xabarlar

X da boshlangan chellenj

@davletovuz blogi asoschisi Qobil Xidirov o'z X sahifasida Payme Mahalla uchun Paymeda to'planib qolgan ballarini xayriya qilganini yozgach o'ziga xos chellenj boshlanib ketdi

Xabar auditoriyasi katta bo'lmagan X ning o'zbek segmentida bir kunda 17,500 ko'rishlar yig'di va foydalanuvchilar o'z Payme ballarini Payme mahallaga xayriya qila boshlashdi.

Foydalanuvchilar chellenj doirasida hozirgacha 8,142,000 dan ortiq ballarni xayriya qildi. Ba'zilar ballarni nimaga ishlatishni bilmay yurishganini yozgan bo'lsa, boshqalar esa bir kun uchun 500,000 dan ortiq ballarni topshirish cheklovidan norozi bo'lishgan.

Payme Mahalla loyihasi tarixi haqida Payme marketing direktori Nodira Sultonxodjaevaning Marketing bo'limiga bergan intervyusida batafsil ko'rishingiz mumkin:

📹 https://youtu.be/ECYrQbj6fK8?t=3072

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
O'zimizda