Microsoft yangi “Topological Core” arxitekturasiga asoslangan dunyodagi birinchi “Majorana 1” kvant chipini taqdim etib, kvant texnologiyalari sohasida inqilobiy yutuq haqida e’lon qildi. Kompaniya bu haqda o‘z blogida xabar berdi.
Yangi chip barqaror va masshtablanuvchi kubitlarni yaratish uchun “Majorana” zarralarini nazorat qilish imkonini beruvchi topologik o‘tkazgichlardan foydalanadi. Ushbu ishlanma murakkab muammolarni hal qila oladigan sanoat kvant kompyuterlarini yaratish imkoniyatlarini ochadi.
Uning asosiy afzalligi bitta ixcham chipda milliongacha kubitlarni birlashtirish imkoniyati hisoblanadi. Bu o‘z-o‘zidan tiklanadigan materiallarni yaratish, mikroplastiklarga qarshi kurashish va kimyo sanoati uchun yangi katalizatorlarni ishlab chiqish kabi zamonaviy kompyuterlar bajara olmaydigan vazifalarni hal qilish uchun juda muhim.
“Majorana 1”ni ishlab chiqish uchun indiy arsenid va alyuminiy asosidagi noyob materiallar to‘plamini yaratish kerak bo‘lgan, bu esa kubitlarning yuqori barqarorligi va o‘lchov aniqligiga erishish imkonini bergan.
Microsoft allaqachon “Quantinuum” va “Atom Computing” bilan hamkorlik qilmoqda, shuningdek, tijorat maqsadlarida qo‘llaniladigan kvant tizimlarini yaratish bo‘yicha “DARPA” dasturida ishtirok etmoqda. Kompaniya “Majorana 1” kimyo, materialshunoslik va molekulyar o‘zaro ta’sirlarni aniq modellashtirishni talab qiladigan boshqa sohalardagi yangi kashfiyotlarda yordam berishiga ishonmoqda.