OQ raqobatchisi ustidan mazah qiluvchi kampaniyani boshladi
“OQ” ekranlarda ko’p aylanayotgan, ranggi va shriftlaridan Humans’niki deya tahmin qilinayotgan reklamalarga hazilomus javob qildi. Video lavhani PR.uz e'lon qildi. Bu kampaniya mamlakat reklama sferasida raqobatchilar ustidan eng ochiq mazah qilingan bo’ldi.
Gap shundaki, shahar bo’ylab Humansning (tahm.) “Havodek tekin”, “Daraxt soyasidek tekin”, “Qarindoshlar fikridek tekin” kabi messageli bannerlari qo’yila boshladi
Bunga javoban, tizer reklamalari bilan o’zini tanishtirgan yangi mobil operator OQ hazil bannerlar chiqardi. Bannerlarda: - Bepul bu, qadri yoki narxi yo’q bo’lgan narsami? - Undan ko’ra, SIM-kartani almashtirishga tayyormisiz? yozuvlari chiqadi