Qozog'istonning "Mechta" tarmog'i O'zbekistondagi yagona do'konini yopdi. Uni ochilganiga bir yil ham bo'lmagandi
Qozog‘istondagi “Мечта” maishiy texnika do‘konlari tarmog‘i Toshkentdagi yagona do‘konini yopdi, deb xabar berdi Kursiv muxbiri.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi Mechta.uz saytida do‘kon Bunyodkor shoh ko‘chasi, 52-uyda joylashgani ko‘rsatilgan. Ammo bu binoda “Мечта” dan faqat bir belgi qolgan. Yaqin atrofdagi do‘konlar xodimlarining Kursiv muxbiriga aytishicha, “Мечта” bir necha haftadan beri yopilgan.
Kursiv doʻkonlar tarmogʻi nega Oʻzbekiston bozorini tark etgani haqidagi savolga oydinlik kiritish uchun kompaniyaga soʻrov yubordi. Lekin nashr vaqtida hech qanday javob olinmagan.
O‘zbekistonda ushbu tarmoqning ochilishi o‘tgan yili ma’lum bo‘lgan edi . Dekabr oyida Kursiv hh.uz saytida kompaniyaning vakansiyalari haqida yozgan edi. O`shanda tashkilot kassir va savdo bo'yicha maslahatchi qidiryotgandi. Hozirda hh.uz saytida kompaniya bo'limi bo'sh.
Mechta.uz asoschisi Qozog‘iston Mechta Market MChJ hisoblanadi. 2023-yil yakuni bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining 50 ta eng yirik kompaniyasi Forbes reytingida tashkilot 310 milliard tenge daromad bilan 13-o‘rinni egalladi. Tarmoq egalari orasida Erem Arutyunyan, Yuriy Gotzelig, Rima Usoltseva bor.
Mechta o'zini "Qozog'istondagi maishiy texnika sotuvchi yetakchi chakana tarmoqlardan biri" sifatida ko'rsatmoqda.