Barcha xabarlar

“Pixel, sen bo’lmasang nima qilardim” – iPhone

Google o’z smartfonlari Pixelni chiqarishini bilsangiz kerak. Pixel toza androidda ishlovchi, kuchli xarakteristika va qiziqarli fichalarga ega smartfonlar liniyasi.

Pixel yangi reklama kampaniyasi doirasida iPhoneni zargarona trolling qilingan roliklar seriyasini chiqardi

Jami olti seriyadan iborat roliklarda yulduzlarni tomosha qilish, plyajda dam olish, quyosh botishini tomosha qilish kabi vaziyatlar yoritilgan. Har bir seriyada iPhone va Pixel o’rtasida do’stona suhbat kechadi.

Rolik oxiriga kelib, iPhone biron ishni, masalan, yulduzlarni sifatli suratga olish, suratlardan ortiqcha elementlarni kesib tashlashni eplay olmaydi. Shunda Pixel iPhone’ga dalda beradi. Bir seriyada esa iPhone quvvati tugab xushidan ketib(o’chib) qoladi, Pixel esa o’zining quvvatni ulashish funksiyasi orqali do’stini qutqaradi.

To’liq videolarni bu yerdan ko’ring

Marketing o'zbek tilida – @marketingbolimi
Chet elda