Barcha xabarlar

TikTok dumskrolingga qarshi mustaqil kurashishni boshladi

TikTok "dumskrolling" (yangiliklar, videolar tasmasini muntazam aylantirish) ga qarshi mustaqil kurashishni boshladi va soat 22:00 da avtomatik ravishda bloklangan holda, tinchlantiruvchi musiqa tinglashni taklif qiladi.

Bu yangilik ijtimoiy tarmoq yaqinda joriy etgan "Ota-ona nazorati"ning yangi vositalaridan biri sifatida paydo bo‘ldi. Dumskrollingni taqiqlashdan tashqari, ota-onalar kontent chiqishini cheklashi, farzandlari yuborishi mumkin bo‘lgan xabarlar sonini nazorat qilishi va TikTokning qaysi funksiyalaridan foydalanishini belgilashi mumkin.

Mutaxassislar allaqachon bu yangilanishga shubha bilan qarashmoqda, zumerlar esa yana bir bor diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmoqda.

"Har kuni dunyo bo‘ylab o‘smirlar TikTok’da o‘z ijodkorliklarini namoyon etib, do‘stlari bilan aloqa o‘rnatadi va yangi narsalarni o‘rganadi. Biz yoshlarning ilovamizda ijobiy tajribaga ega bo‘lishlarini ta’minlash va ota-onalarga xotirjamlik berish maqsadida o‘smirlar akkauntlariga eng kuchli himoya vositalarini kiritamiz," - deyiladi ilovaning press-relizida.

Tavsiya Chet elda Biznes