Barcha xabarlar

International Media Service (IMS) 2023-yilgi yarim yillikdagi TV reklamalar statistikasi bilan bo'lishdi

Birinchi rasmda 2022- va 2023-yilning mos davrida eng ko'p TV reklama xarid qilgan reklama beruvchilar solishtirilgan. Grafikdagi qiziq o'zgarish Uzumning ro'yxatda paydo bo'lgani va Procter&Gamble +436% va Beeline +112% reklama faolligini oshirgani.

Ikkinchi rasmdan ko'rish mumkinki, 2022-yilda eng ko'p reklama xarid qilgan dori-darmonlar kategoriyasidan liderlikni 2023-yilda ichimliklar kategoriyasi "tortib olgan".

So'nggi, 3-grafikka e'tibor bersak, mahalliy brendlar asosan homiylik reklamalarini joylashtirsa, xalqaro brendlar ko'proq to'g'ridan-to'g'ri reklamalar joylashtirishini ko'rishimiz mumkin.

Bu kabi analitikalarni e'lon qilinishi reklama bozoridagi holatni baholashga yordam beradi

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
Digital