Barcha xabarlar

O'zbekistonda Marrybrown fastfud tarmog'i ochiladi

Malayziyaning "Marrybrown" halol fastfud tarmog'i O'zbekistonda faoliyat boshlaydi. Bu haqda kompaniya o'z Facebook sahifasida ma'lum qildi (bunga "Пик Скартариса" e'tibor qaratdi).

"Marrybrown"ning menyusiga burger, naggets va shunga o'xshash fastfutlardan tashqari Malayziyaning mahalliy oshxonasiga oid guruch va baliqli taomlar ham kiritilgan.

"Marrybrown"ni O'zbekistonga Malayziyaning "Gemilang International" franchayzing kompaniyasi olib kirmoqda. "Franchise International Malaysia 2024" ko'rgazmasi doirasida imzolangan hujjatda O'zbekistondan tashqari Kombodjada ham ish boshlashi nazarda tutilgan, bu tarmoq uchun faoliyat yuritayotgan 24-davlat bo'ladi.

1981-yilda asos solingan tarmoq Shvetsiya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Avstraliya va Xitoy kabi davlatlarda 500 dan ortiq shoxobcha ochishga ulgurgan.

Marketing O'zimizda Chet elda