Barcha xabarlar

Qirg'iziston o‘z ChatGPT’sini yaratishi mumkin

Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi raisi va Prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov “Digital Qirg‘iziston” forumidagi ma'ruzasida Qirg‘iziston innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan sun’iy intellekt va kvant hisoblashni rivojlantirishga qaratilgan markaz ishga tushirilishini e'lon qildi.

Ushbu markaz, nodavlat muassasa sifatida davlat subsidiyalari va homiylik mablag‘lari yordamida moliyalashtiriladi. Raqamli transformatsiya doirasida “Qirg‘iziston Respublikasining Raqamli kodeksi” qabul qilinadi, bu esa davlat xizmatlarining yangi bosqichini belgilaydi. Jumladan, hozirda avtomashinalarni onlayn ro‘yxatga olish, yuridik shaxslarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatlari taqdim etilgan.

Japarov, shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlarni ta’kidlab, o‘tgan yili qirg‘iz tilidagi sun’iy intellekt uchun superkompyuter xaridi va raqamli diktorlarning qirg‘iz tilida yangiliklarni o‘qishi kabi yutuqlarni sanab o‘tdi. U kelajakda Qirg‘izistonning o‘z ChatGPTsini yaratish imkoniyati borligini ta'kidlab,

"Qirg'iziston Chat GPT yaratishimiz mumkin va bu sohada biz IT hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz."

— dedi va bu borada super kompyuterlarni yangilash va til korpusini yaratish loyihalari ustida ish olib borilayotganini ta’kidladi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda