Barcha xabarlar

Think Different nega Apple shiori emas? Umuman, slogan nima degani?

Slogan so'zini albatta, ingliz tilidan shior deb tarjima qilishimiz mumkin. Ammo amerikalik reklamachi va marketologlar uchun slogan kengroq tushuncha bersa, MDH davlatlari uchun odatda birgina ma'noni anglatadi.

Bizda shior deb, kompaniyaning shiori tushuniladi. Masalan, ""yaxshilikka buyursin!" yoki "odatdagidan yaxshiroq" - bu shiorlar (qaysi kompaniyaga tegishli, toping!). "Think different" esa Apple'ning kompaniya shiori emas. Quyida bunga to'xtalamiz.
Bizda shior deb tushuniladigan ibora - ingliz tilida TAGLINE deb ataladi. Shu joyda ingliz tilidagi slogan ikkiga ajraladi - slogan (reklama kampaniyasida ishlatiladigan shior) va tagline (kompaniyaning shiori).

Shuning uchun ham - "yaxshilikka buyursin" - bu tagline (shior). "Think Different" esa tagline emas. Ya'ni kompaniya shiori emas, balki u slogan - reklama kampaniyasidagi bir xabar. Think Different slogani faqatgina 1997-2002 yillar orasida chiqarilgan reklama kampaniyasida ishlatilgan.

Demak farqi tushunarli bo'lishi uchun:

- Slogan (reklama shiori) bir marta yoki bir qancha reklama roliklari, bannerlarida ishlatilishi mumkin. Bu slogan xuddi Apple'ning Think Different shiori kabi faqatgina vaqtinchalik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Yoki Nike'ning Just Do It shiori kabi yillar davomida, turli reklamalarda ishlatilishi mumkin. Keyin esa u kompaniya shioriga aylanib ketish ehtimoli bor. Bunday holatlar kamdan kam uchraydi.

- Tagline (kompaniya shiori) kompaniyaning nomi qayerda kelsa, hamma joyda ishlatiladi. Jumladan, biron reklama rolig oxirida biz reklama shiorini ko;rishimiz va eeeng oxirida esa logotip bilan birgalikda kompaniya shiorini ko'rishimiz mumkin. Sharti, u doim doim doim kompaniya nomi bilan birga keladi. Masalan, LG - life's good.
Undan tashqari, descriptor degan tushuncha ham bor. Bu na slogan, na tagline. Descriptor - bu kompaniya nima bilan shug'ullanishini bildiruvchiso'z yoki ibora. Misol uchun, Marketingbolimi — marketing o'zbek tilida. Bu descriptor.

Keling endi bir o'yin o'ynaylik. Biz IKEA misolida bir qancha matnlar yozamiz. Biriktirilgan rolikni ham ko'rishingiz mumkin. Keyin esa siz bu matnlar qaysi kategoriyaga tegishli ekanini topasiz:

Masala:
Ushbu shiorlar qaysi turga mansubligini toping:
1) IKEA - There's no bed like home (uydan yaxshiroq yotoq yo'q)
2) IKEA - Home furnishings (uy jihozlari)
3) IKEA - The wonderful everyday (har kuning g'aroyib)

Variantlar:
A) Slogan (reklama shiori)
B) Tagline (kompaniya shiori)
C) Decriptor (tavsif)

Javoblarni telegram kanalimizdagi izohlarda yozishingiz mumkin.
Rahmat!
2024-05-07 20:32 Marketing Reklama