Xalqaro moliya korporatsiyasi “Coca-Cola İçecek” kompaniyasiga $250 mln miqdorida to‘rtta kredit ajratdi, deya xabar bermoqda"Spot" moliya tashkiloti matbuot xizmatiga tayangan holda.
Qayd etilishicha, sarmoya Turkiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Iroqda o‘sish uchun yangi shart-sharoitlar yaratishi kutilmoqda.
Shuningdek, moliyalashtirish barqaror rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va gender tengligini ta’minlashga qaratilgan.
Bajariladigan asosiy ishlar:
– plastik butilkalarni qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish;
– energiya tejamkor uskunalar va qayta tiklanadigan energiyani joriy etish;
– ta’minot zanjirlarida bevosita va bilvosita ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish;
– 2030-yilga kelib yangi xodimlar orasida ayollar ulushini 35%ga, rahbarlik lavozimlarida esa 40%ga oshirish.
“Kompaniyamizning maqsadi — iste’molchilar va mijozlar, xodimlar va jamoalar uchun qiymat yaratishdir. Shuningdek, biz barqarorlik tashabbuslarimiz orqali odamlar hayoti, jamiyatlari va sayyoramizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilamiz”, — dedi “Coca-Cola İçecek” kompaniyasi bosh moliya direktori Erdi Kursunog‘lu.
Ta'kidlanishicha, ajratilgan umumiy mablag‘ning 60 foizi ekologiya va energetika tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Avvalroq Coca-Cola Samarqand va Namangan viloyalatlarida 2 ta zavod qurishi haqida xabar berilgandi .