Barcha xabarlar

Walt Disney: Eng katta animatsion kompaniya asoschisi

Walt Disneyning (1901-1966) yoshlik paytida insonlarni animatsiyaga qiziqtirish qiyin masala bo‘lgan. Hozirda kattalar ham Disney multfilmlarini ko‘rishadi.
Marvel, Lucasfilm, Pixar industriyalarni sotib olgan Disneyning otasi — Walt Disney. Uning qaysi g‘oyasi animatsiya olamini o‘zgartirdi? Hozir shu haqida gaplashamiz.

Hammasi 1923-yilda boshlangan: Walt akasi Roy bilan "Disney Brothers Studio" deb nomlangan birinchi animatsiya studiyasiga asos soldi. Ko‘pchilik Waltning o‘zi multfilmdagi hamma qahramonlarni chizgan deb o‘ylaydi. Aslida 1924-yildan keyin u to‘liq tadbirkorga aylanib, studiya uchun hech narsa chizmagan.
Aynan shu yerda Disneyning birinchi animatsiya qahramoni yaratilgan edi — Oswald Rabbit. Hamkorlikdagi aldovlar tufayli Walt bu qahramon huquqdan ayrilgan bo‘lsa-da, bundan keyin kompaniyaning oltin davri boshlangan.

Disneyga birinchi mashhurlikni 1928-yilda Mikki Maus multseriali olib kelib, kompaniyasining ramziga aylangan.

Qisa metrajli filmlar bilan to‘xtab qolmasdan, 1937-yilda Disney hamma pulini tarixdagi birinchi to‘liq metrajli animatsion loyiha uchun tikdi: "Oppog‘oy va yetti gnom". Film Oskar ham olgan. Aytganday, umumiy hisobda Walt Disneyda 26ta Oskar bor. Bunaqasi hech kimda yo‘q.

Bu muvaffaqiyatdan keyin bir nechta mashhur animatsiyalar yaratildi: Pinokkio, Bembi, Zolushka.

Bolalar uchun park ochish orzusi esa 1955-yilda amalga oshdi. Disney land - bu shunchaki bog‘ emas, balki kompaniyani butun dunyoga tanitgan loyiha bo‘ldi.

Bugungi kunda ham Disney kompaniyasining ahvoli yaxshi. Disney+ platformasi orqali raqamli kontent yetakchilaridan hisoblanadi.

Xullas xulosa: Walt Disney kompaniyaning yangi turini yaratgan edi. Rostdan ham, uning studiyasi noodatiy bo‘lgan. Qisqa metrajli film chiqazishdan tashqari boshqa sohalarni o‘zlashtirgan. Komiks, o‘yinchoqlar, parklar...

P.S.: "Men faqat bir narsani esdan chiqarmasligimizga umid qilaman: bularning barchasi bitta sichqon bilan boshlangan" - Walt Disney.
Tavsiya Marketing Biznes