Sarlavha – cheksiz lenta ichida ajralib turish va o'quvchi e'tiborini jalb qilishning eng birinchi yo'li. Bunda yumor va ba'zi so'zlar boshqalardan ajralib turishda yordam beradi.
Kontrast, absurd va kutilmagan burilish: o'quvchini e'tiborini jalb qiladigan, CTR va savdoni oshiradigan hamda maqolani oxirigacha o'qishga majbur qiluvchi texnika haqida.
Keling hammasini oddiy qilib boshlaymiz, siz o'quvchini e'tiborini o'ziga tortadigan sarlavha yozishda quyidagilarga urg'u berishingiz kerak:
– yumor qo'llash;
– "kuchli" so'zlarni ishlatish;
– raqamlar va aniqlik.
Bo'ldi, shu xolos.
Postlar / maqolalar uchun jozibali sarlavha qo'yishda foydali bo'lgan usullar
Kontrast
Kontrastli sarlavhalar kutilmalarni o'zgartiradi va diqqatni tortadi. Bizning miyamiz avtomatik ravishda kutilmagan o'zgarishlarga moslashadi, bu bizga zerikarli tarkibdan ajralib turishga yordam beradi. Asosiysi, behayo va beo'xshov so'zlar bilan maqola darajasini pasaytirmaslik.
Absurd
Absurd vaziyatlar kulgiga sabab bo'ladi, chunki ular kutilmalarni buzadi. Kulgi – bu xotirani yaxshilaydigan va e'tiborni tortadigan ijobiy hissiy reaksiya. Qiziq va kulgilimi? O'qishda davom etamiz va sotib olamiz. Zerikarlimi? Unda keyingisiga o'tkazamiz.
Syujetdagi kutilmagan burilish
Bizning miyamiz syurpriz va kutilmagan hodisalarni yaxshi ko'radi. Kutilmagan burilish esa qiziqishni orttiradi. Aytgancha, syujetni o'zgartirish, umuman olganda, yaxshi kopirayterning ustunlaridan biridir.
Qarama-qarshilik
Qarama-qarshiliklar hal qilishni talab qiladigan kognitiv dissonansni keltirib chiqaradi. Bu qarama-qarshilik qanday hal qilinishini oldindan bilish uchun o'quvchi post / maqolani oxirigacha o'qishga majbur bo'ladi.
Giperbola
Giperbola yumor va masshtabi bilan e'tibor jalb qiladi. Odamlar ekstremal qarorlar, fikrlarga e'tibor qaratishadi va ular qanchalik to'g'ri ekanini doim "sinovdan" o'tkazishadi.
Ironiya
Ironiya o'zining noaniq ma'nosi tufayli e'tiborni tortadi. Bu o'quvchini o'ylashga va ikki xil ma'no topishga majbur qiladi, bu esa sarlavhani yanada qiziqarli va esda qolarli qiladi.
So'z o'yini, kalambur
Ko'p ma'noli so'z o'yinlari va kalamburlar insonga o'zgacha his beradi. Ular tushunish uchun ozgina aqliy faoliyatni talab qiladi va "mehnat bilan erishilgan" narsa qadrliroq bo'ladi.
Sarlavhalarda raqamlardan foydalanish
Sarlavhalarda raqamlardan foydalanish bir necha sabablarga ko'ra e'tibor tortadi:
– Aniqlik: Raqamlar sarlavhani aniqroq va tushunarliroq qiladi, bu esa kontentni yanada ishonchli qiladi;
– Tushunishni osonlashtiradi: inson miyasi raqamlarni yaxshi ko'radi, chunki ular ma'lumotni soddalashtiradi va tuzatadi;
– E'tibor tortadi: tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, raqamli sarlavhalar ko'proq e'tibor tortadi va kliklarni oshiradi;
– Kutilmalarni aniqlashtiradi: raqamlar o'quvchi bilan aniq kutilmalarni belgilashga yordam beradi, ma'lumotni bashorat qilish va kuzatishni osonlashtiradi.
Sarlavhalar marketing va sotuvga qanday ta'sir qiladi?
Sarlavhalar marketing va sotuvda katta rol o'ynaydi, chunki ular potensial mijoz duch keladigan maqola yoki reklamaning birinchi elementidir. Yaxshi yozilgan sarlavha konversiyalarni sezilarli darajada oshirishi va ko'proq mijozlarni jalb qilishi mumkin.
Qiziqarli sarlavhalar kliklarni oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, raqamlar va kuchli so'zlarni o'z ichiga olgan sarlavhalar yuqoriroq klik tezligiga (CTR) ega. Bu reklama kampaniyalarining samaradorligini oshirish va sayt trafigini oshirish uchun muhim.
2015-yilda bloger Abror Qodirov "Blogerlar chempionati"ga o'zining "Shoptoliqoqi" nomli maqolasi bilan qatnashgan. Unda chempionatdagi sarlavhalar tanqid ostiga olinadi.
Blogerning yozishicha, blogpost yozish uchun sarflagan mehnatingizni birgina sarlavha yo‘qqa chiqara oladi. "Qoralaganingiz ming shedevr asar bo‘lmasin, tuzukroq sarlavhaga yolchimas ekan, siz xohlagan effektni bermaydi. Noto‘g‘ri tanlangan sarlavha postni o‘qilmay qolishi yoki kam o‘qilishiga ham bemalol sababchi bo‘la oladi. Sarlavha — xuddi sharq kabi nozik masala", deb yozadi u.
Abror Qodirov Caps Lock bilan, "yohud" so'zini ishlatib, ko'plab belgilar bilan sarlavha qo'yishni tavsiya qilmaydi. Sarlavha qisqa, lo'nda va original bo'lgani yaxshi, deydi u.
"Eng asosiysi sarlavha qisqa va lo‘nda bo‘lgani soz. “Qachon bu ishlarni to‘xtatamiz, hey, odamlar?” degandan ko‘ra shunchaki “Bas”, deb qo‘yaqolsang qiziqroq, qanaqadir falsafiyrog‘am chiqadi. “Men qo‘rqadigan narsalar nimalardan iborat?”dan ko‘ra “Qo‘rquv haqida” deyilsa ko‘zga ancha yoqimliroq. Agar so‘z o‘yinlariga sal-pal qunt bo‘lsa original sarlavhalar o‘ylab topish nur ustiga aʼlo nur bo‘ladi. Umuman kreativ yondoshilgan sarlavhali postlar, sarlavhasini o‘zi bilan “zachet” bo‘la oladi. Masalan futbolchi Kakaning ukasi haqida post yozilsa “Kakaning ukasi”, “Kichik Kaka” degandan ko‘ra “Kakashka” deyilsa qiziqroq-da. Shunchaki nimani nazarda tutayotganimni bildirish uchun aytdim, qo‘ydim", deb yoziladi maqoladi.
Bloger Abror Qodirov maqolasiga nega aynan "Shaptoliqoqi" nomini tanlaganini quyidagi misollari bilan tushuntiradi:
“SHAFTOLINING QURITILISH USLUBLARI YOHUD QURITILGAN SHAFTOLINING FOYDALARI!!!”
“SHAFTOLINING QURITILISH USLUBLARI VA QURITILGAN SHAFTOLINING FOYDALARI”
“Shaftolining quritilish uslublari va quritilgan shaftolining foydalari”
“Shaftoliqoqi haqida”
“Shoptoliqoqi”
Men eng so‘nggi variant tarafdoriman. Hech bo‘lmasa blogingda, deydi Qodirov.
E'tibor tortar sarlavhalar yaxshi, lekin tizimli maqolalar strategiyasi bundan ham yaxshiroq.