Barcha xabarlar

Eng ko'p maosh oluvchi CEO'lar

Highest Paid CEOs of S&P 500
Visual Capitalist sayti S&P 500 guruhiga kiruvchi kompaniyalarda eng ko'p maosh oluvchi ijrochi direktorlar (CEO) reytingini tuzib chiqdi.
Ijrochi direktorlar daromadlari faqat maosh bilan emas balki bonus va aksiyalardan ulush kabi qo'shimcha daromadlar ham qo'shib hisoblanadi. Masalan, reyting yetakchisi Alphabet (Google) CEO'si Sundar Pichai 2022-yilda $218 million qiymatga teng aksiyalar paketi, $2 million maosh, shaxsiy xavfsizligi uchun $6 million to'lovlar olgan. Tushunganingizdek, aksiyalar paketi narxlari daromadlarning juda katta qisminini tashkil qiladi. Mabodo aksiyalar narxi o'zgarsa CEO larning daromadlari ham, reytingdagi o'rinlari ham o'zgaradi.

Google Ceosidan keyingi o'rinda konsertlar va ko'ngilochar mahsulotlar sohasidagi yirik o'yinchi Live Nation Entertainment kompaniyasi CEOsi Michael Rapino bor, uchinchi o'rinni esa yaqinda taqdimotda ko'rinish bergan Apple CEOsi Tim Cook $99M daromad bilan egallab turibdi.
Sohalar bo'yicha ham kategoriyalangan quyidagi jadvalda TOP-20 likni yana ko'rib chiqishingiz mumkin:
Umuman barcha S&P 500 kompaniyalaridagi CEO larning o'rtacha daromadlari $14.5 mlnni tashkil etadi.
Biznes