Barcha xabarlar

Google Translate yoki professional yondashuv? Salbiy va ijobiy misollar bilan ko'rib chiqamiz

Rossiyaning LINII Group agentligi Makro supermarketlar tarmog'i uchun nafaqat rebrending balki yangi pozitsiya va brend strategiya ham ishlab chiqdi.

Yangi pozitsiya - Makro "haqiqiy do'st bo'lgan qo'shni"
Shuningdek agentlik tayyorlagan posterlar va ularning matni ham e'tiborimizni tortdi.

"Свежие фрукты по соседству". Matn professional tarzda, o'z ishini ustalari tomonidan yozilgan: qisqa va brend pozitsiyasini ochib beryapti. Lekin shu matnni "Qo'shni yangi meva" deya tarjima qilish - professionallikning tugashi. Ha professionallar ham "Google Translate"dan foydalanishar ekan.
Odatda mahalliy aholi uchun chet el agentliklari tomonidan biron ish ishlab chiqilsa, ular bunday vaziyatlarda mahalliy agentliklar, tilni yaxshi tushinadigan kopirayterlar bilan hamkorlik qilishadi. Misol uchun Friends Moscow agentligi "Humans" uchun brend strategiyasi ishlab chiqish vaqtida Lokals bilan hamkorlik qilgan.
Shuningdek Qozog'istonliklar ham Ishonch brendi uchun reklama kampaniyasini mahalliy mutaxassislar, jumladan, Mirzo Zominiy bilan birgalikda ishlab chiqgan.
Undan tashqari, OLX brendining ohirgi reklama kampaniyasi uchun o'zbek tilidagi matnlar mahalliy kopirayter - Nurbek Yuldoshev tomonidan yozilgan.
To'g'ri Makro uchun tayyorlangan posterlar hali ko'chalardagi bannerlarga qo'yilmagan va umuman, shunchaki g'oyani ko'rsatib berish uchun ishlangan. Bunday vaziyatni inobatga olib, tarjimaga e'tibor berilmagan bo'lishi mumkin. Shu sababli LINII Group yoki Makroni ayblash maqsad yo'q. Balki maqsadimiz, professionallikni targ'ib qilish va shunday mayda kamchiliklar uchun yeshim yo'llarini ko'rsatish edi.

Siz buni qanday tarjima qilgan bo'lar edingiz?
Dizayn Marketing