Apple o‘zining Ceramic Shield mustahkam displeyiga ega iPhone 15 uchun yangi reklama roligini taqdim etdi.
Swoop (Hujum) deb nomlangan video TBWA\Media Arts Lab agentligi tomonidan suratga olingan bo‘lib, iPhone 15 keramik ekranining chidamliligini ko‘rsatadi.
Videoda ayolning parkda velosiped haydab, navigatsiya uchun rulga qotirilgan iPhone’dan foydalanayotganini ko‘rish mumkin. To‘satdan paydo bo‘lgan qushning hamlasi natijasida u yerga yiqiladi va telefon yo‘l chetidagi tuproqqa old qismi bilan tushadi. Bundan havotirga tushgan ayol telefonini qo‘liga olishi bilan qurilmaning chidamliligini ta’kidlovchi “Har qanday smartfon oynasidan qattiqroq” yozuvi va undan so‘ng taskin beruvchi “Tinchlaning, bu iPhone” yozuvi ekranda namoyon bo‘ladi.
Ceramic Shield birinchi marta iPhone 12’da ishlatilgan bo‘lib sinovlar uning bosimga chidamliligini va Mohs qattiqlik testida bir pog‘ona yuqori ekanligini ko‘rsatgan.