O'zbekistonda Islom banki sanoatini standartlashtirish va halollashtirishga yo'nalgan "U" nomli startap loyiha ishga tushdi. Loyiha asoschisi Rustam Rahmatovning yozishicha, uning doirasida Islomiy RegTech (Islamic Regulatory Technology) va "bank xizmat sifatida" (banking-as-a-service) texnologiyalaridan foydalanib, raqamli bank tizimi joriy etiladi.
"Maqsadimiz har 3 oyda avval islomiy banklarni, keyin esa an'anaviy banklarni ishga tushirish va oxir-oqibat 3 yil ichida 100 ta bankning talablarga muvofiqligini nazorat qilish", deb yozadi Rahmatov.
Ta'kidlanishicha, ushbu texnologiyalar nafaqat Fatvo, balki AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) va barcha 4 ta mazhab bo'yicha tranzaksiyalar shariatga muvofiqligini ta'minlaydi. "U"dan foydalanuvchilar ham allaqachon topilgan, ammo nomlar oshkor qilinmagan.
Rustam Rahmatov yaqin uch oyda O'zbekistonda yangi Islom ko'chmas mulk investitsiya fondi ochilishini ma'lum qildi. Ushbu fond "U"ning RegTech texnologiyalari tomonidan nazorat qilinadi.
Rustam Rahmatov yaqin uch oyda O'zbekistonda yangi Islom ko'chmas mulk investitsiya fondi ochilishini ma'lum qildi. Ushbu fond "U"ning RegTech texnologiyalari tomonidan nazorat qilinadi.