Telegram asoschisi va rahbari Pavel Durov Financial Times’ga bergan intervyusida messenjerni IPO’ga olib chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Durov potentsial investorlar Telegramni 30 milliard dollar baholaganini aytib o‘tdi, ammo u kompaniyaning sotilishini keskin rad etgan.
IPO’ga qachon va qayerda chiqishi hali noma’lum. Durov kompaniya bir qancha variantlarni ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, Durov oxirgi marta bundan 7 yil avval intervyu bergan edi.