Barcha xabarlar

Divan.kz sodiqlik dasturi

Oldinroq bizning bozorga kirgan Divan brendining Qozog‘istondagi do‘konlarida qayta xaridlar ko‘rsatkichi past bo‘lgan. Sababi mebellarni mijozlar bir marta oladi, keyingi xarid esa ancha vaqtdan so‘ng bo‘ladi. Qo‘shimchasiga, mijozlarning yarmidan ko‘p qismi faqat bitta mahsulot xarid qilish bilan cheklangan. Bu muammolar do‘kon moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir qila boshlagan.

Divan jamoasi esa muammoni o‘rganib chiqib, sodiqlik dasturi yordamida:

— qayta xarid ko‘rsatkichini 6.5% dan 10.3% ga ko‘targan;
— ikkitadan mahsulot qiluvchilar ulushini 22% dan 28% ga oshirdi;
— bittadan mahsulot xarid qiluvchi mijozlar ulushi 55% dan 44% gacha tushirdi;

2023-yilda Divan.kz CRM jamoasi oldiga sodiqlik dasturi yordamida mijozlar xarid savatidagi tovarlar sonini oshirish vazifasi qo‘yildi. Shundan kelib chiqib jamoa tovarlar soniga bog'liq ballar tizimini taklif qildi:
Mijozlar qancha ko‘p mebel sotib olishsa, shuncha yangi mebel olish intervali o‘zgaradi, chunki kvaritrada barcha kerakli mebel bor bo‘lgach yangisiga na hojat. Shuning uchun bonuslarning amal qilish muddatini 2 yilgacha uzaytirishdi. 2 yil ichida bonuslarni yana ishlatish uchun.
“Bonuslarga ega bo‘lish uchun mijozlar qimmat bo‘lmagan mahsulotlar yoki aksessuarlarni sotib ola boshlashlari mumkin edi, ammo bunday mahsulotlardan foyda yuqoriroq qoladi, shu sabab unchalik xavotirli emasdi arzon tovarlar ola boshlashi”, — deydi Divan CRM tizimi rahbari Mariya.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2023-09-27 17:15