Barcha xabarlar

Nega marketologlar tez ishdan ketib qolyapti?

Nigora Akilova - PR mutaxassis va bir nechta startaplar muallifi, o'zining Facebook sahifasida savol ko'tardi - "nega Toshkentda marketolog va PRchilar sohadan tez bezib qolishmoqda”

Javoblar turli xil bo'ldi, mutaxassislar yetishmasligi, raqobat yo'qligi, o'zi umuman tuzuk marketolog yo'qligi va hokazo. Ularning ichida eng konstruktiv va batafsil javobni MCA agentligi rahbari, Sergey Firlin yozib qoldirdi:

"Soha jadal rivojlanmoqda. Ishberuvchilar natija talab qilyapti, marketingda esa natija har doim hozir va shu yerda paydo bo'lmaydi, odatda kutishni talab qiladi.

Media agentlikda 17 yildan beri ishlayman, ishxonamiz ba'zi xodimlar 10 yildan oshiq ishlab kelmoqda. Boshqa bir qismi ishdan bezib qoldi, ba'zilari esa sohalarini o'zgartirdi. Klient tarafda (inhouse) ishlaydigan marketing va PR mutaxasisslarida bezib qolish darajasi yuqoridek ko'rinadi, lekin ba'zi mijozlarimiz bilan ishlayotganda ko'ramiz-ki 10 yillab ishlayotgan mutaxassislar bor.

Mijoz tarafda ham agentlik tarafda ham uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotganlarni ko'rib xulosa qildim, gap xodimlar ishdan bezib qolishida emas. Aksincha, rahbariyat ko'ngildagidek, rag'batlantiradigan, rivojlantiradigan tizim qurib jamoani birlashtira olmaydi.

Bozorda Brend menejer (BM) va Marketing direktor (CMO)lar yetishmovchiligini his qilish mumkin. Bizda qo’lidan biron ish keladiganlarning oyligi Olmaotadan ham kattaroq. Yashasin 90-2000 yillarning o’rta va oliy ta’limi, va davlatning o’zgacha rivojlanish yo’li." deydi Sergey aka.

O'qiganingizdek, fikrlar mutaxassislarning rivojlanishi va uzoq vaqt sohada qolishida kuchli boshqaruv tizimlari muhimligini ta'kidlaydi. Yana muallif, yuqori darajadagi marketing pozitsiyalari uchun bozordagi bo'shliqni ta'kidlab o'tayabdi.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Marketing